35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati K. Yodgorova tashabbusi bilan Xo‘jabargi mahallasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi.
янв.21
Kogon shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Bilimlar kuni hamda Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Kogon shahridagi 4-umumta’lim maktabida “Bilimlar kuni” hamda Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Kogon shahar Kengashining Instagram sahifasida obunachilar soni 2700 nafardan oshdi!
янв.21
MUSTAQILLIK — BUNYODKORLIK VA YUKSALISH TIMSOLI
янв.21
Kogon shahridagi 11-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida “Bilimlar kuni” hamda Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Kogon shahridagi 6-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
янв.21
Nihoyat, kutilgan natijalar e’lon qilindi!
янв.21
#kunlik_ish_reja
BOBORAHIM MASHRAB KO‘CHASIDAGI ELEKTR SIMYOG‘OCHLARINI BETON USTUNLARGA ALMASHTIRISH BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

BOBORAHIM MASHRAB KO‘CHASIDAGI ELEKTR SIMYOG‘OCHLARINI BETON USTUNLARGA ALMASHTIRISH BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalari hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 14-“Bog‘zor” saylov okrugida o‘tkazilgan nazorat-tahlil tadbiri davomida aholi murojaatlari o‘rganildi.

“Bog‘zor” mahallasi Boborahim Mashrab ko‘chasida joylashgan elektr simyog‘ochlari o‘z xizmat muddatini to‘liq o‘tab bo‘lgan. Ushbu eskirgan simyog‘ochlar elektr ta’minotida tez-tez uzilishlarni keltirib chiqarib, fuqarolar va ularning mol-mulki xavfsizligiga xavf tug‘dirmoqda.

Aholi murojaati va mavjud xavfni inobatga olgan holda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 14-"Bog‘zor" saylov okrugi deputati O.Sharofutdinova tomonidan Termiz shahar Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Sh.Achilovga deputatlik so‘rovi yuborildi.