Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 343- va 344-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Unda xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining
22-Alisherobod okrugi deputati, O‘zbekiston XDP a’zosi Gulchexra Axmedova ishtirok etib, o‘quvchi yoshlarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.
Shuningdek, deputat maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan
1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alarini tantanali ravishda topshirib, ularga mustahkam sog‘lik, a’lo baholar, katta yutuqlar va bilim olish yo‘lida omad tiladi.