Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Tashmatov Xos oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, aholiga bepul dori-darmonlar yetkazib berilishi va ta’minlanish holatini o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, imtiyozli toifadagi bemorlarni dori-darmon bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Aholi salomatligi — doimo e’tiborda!
Deputatlik nazorati orqali fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish davom etadi.