35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TARIXIY TASHRIF, YANGI BOSQICH!
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisida 4 ta masala ko‘rib chiqildi.
янв.21
Bir qarashda oddiy masala, ammo aholi uchun muhim
янв.21
Fuqarolar murojaati nazoratga olindi
янв.21
Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
Daraxtlarni sug‘orish tizimi o‘rganildi
янв.21
Abdulla Qodiriy MFYdagi ko‘p qavatli uylarda chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON SHAHAR KENGASHI KOTIBIYAT MUDIRI SH.ISAMUTDINOVNING SHAXSIY KUNLIK ISH REJASI
янв.21
7–11-SENTABR KUNLARIDA AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Mazkur monitoring Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha kunlik ish rejasining 6-bandi ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.
️O‘rganish davomida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaat va muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy-ijtimoiy muhitni shakllantirish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
️Shuningdek, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–561, 2019-yil 2-sentabr) talablarining mahalla hududida bajarilishi, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarning tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, muammoli oilalar bilan manzilli ishlash hamda zarur hollarda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
️Monitoring yakunlari bo‘yicha xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, profilaktik va targ‘ibot tadbirlarini yanada kuchaytirish, qonun talablarining ijrosini ta’minlash hamda ayollarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar belgilab olindi.

Slide 1 of 1