35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TARIXIY TASHRIF, YANGI BOSQICH!
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisida 4 ta masala ko‘rib chiqildi.
янв.21
Bir qarashda oddiy masala, ammo aholi uchun muhim
янв.21
Fuqarolar murojaati nazoratga olindi
янв.21
Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
Daraxtlarni sug‘orish tizimi o‘rganildi
янв.21
Abdulla Qodiriy MFYdagi ko‘p qavatli uylarda chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON SHAHAR KENGASHI KOTIBIYAT MUDIRI SH.ISAMUTDINOVNING SHAXSIY KUNLIK ISH REJASI
янв.21
7–11-SENTABR KUNLARIDA AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
SOY BO‘YI MFY — TINCHLIK VA XAVFSIZLIK USTUVOR

O‘rganish davomida voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, umumiy huquqbuzarliklar profilaktikasiga qaratilgan tadbirlarning amaldagi qonunchilik talablari asosida tashkil etilishi ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha kunlik ish rejasining 20-bandida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, hududdagi jinoyatchilik holati, xususan, “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda profilaktik choralar samaradorligi tahlil qilindi.
️O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori bilan belgilangan vazifalarning ijrosi ham ko‘rib chiqildi. Mahallada xavfsiz muhitni shakllantirish, sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldindan aniqlash hamda ularning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarning natijadorligiga baho berildi.
Ijobiy jihati shundaki, Soy bo‘yi MFY jinoyatchilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha “yashil” hudud sifatida qayd etilgan. Bu mahalla faollari, profilaktika inspektori, mas’ul tashkilotlar va fuqarolarning hamkorlikdagi faoliyati natijasida hududda osoyishtalikni ta’minlash borasida samarali ishlar olib borilayotganini ko‘rsatadi.
Ayniqsa, yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini foydali mashg‘ulotlarga yo‘naltirish, ijtimoiy xavfli oilalar bilan individual ishlash hamda profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar holatini muntazam nazorat qilish masalalariga e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.
O‘rganish yakunida Soy bo‘yi MFYning “yashil” hudud sifatidagi ijobiy ko‘rsatkichlarini mustahkamlash, jinoyatchilikka olib keluvchi omillarni barvaqt aniqlash, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish va hududda xavfsiz muhitni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1