35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TARIXIY TASHRIF, YANGI BOSQICH!
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisida 4 ta masala ko‘rib chiqildi.
янв.21
Bir qarashda oddiy masala, ammo aholi uchun muhim
янв.21
Fuqarolar murojaati nazoratga olindi
янв.21
Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
Daraxtlarni sug‘orish tizimi o‘rganildi
янв.21
Abdulla Qodiriy MFYdagi ko‘p qavatli uylarda chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON SHAHAR KENGASHI KOTIBIYAT MUDIRI SH.ISAMUTDINOVNING SHAXSIY KUNLIK ISH REJASI
янв.21
7–11-SENTABR KUNLARIDA AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
GO‘SHT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI BO‘YICHA MUHIM QAROR QABUL QILINDI

 GO‘SHT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI BO‘YICHA MUHIM QAROR QABUL QILINDI
📌 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan 2026-yil 28-avgust kuni navbatdagi masala yuzasidan qaror qabul qilindi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-maydagi 386-son qarori ijrosining Pastdarg‘om tumanidagi holatini o‘rganish masalasi muhokama qilindi.
🔎 Qaror asosida tumandagi chorva mollarini so‘yish va go‘sht mahsulotlarini realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi subyektlar faoliyatini kompleks o‘rganish belgilandi.
Xususan, ishchi guruh tomonidan:
🔹 tumanda mavjud ixtisoslashtirilgan va mini so‘yish korxonalari soni hamda ularning aniq manzillari;
🔹 korxonalarning faoliyat yuritayotgan yoki yuritmayotganligi;
🔹 yer uchastkasi va bino-inshootlardan maqsadli foydalanilishi;
🔹 so‘yish quvvati va amaldagi so‘yish hajmi;
🔹 korxonalar faoliyatining qonuniyligi;
🔹 veterinariya-sanitariya talablariga rioya etilishi;
🔹 go‘sht mahsulotlarini saqlash va tashishda belgilangan talablarning bajarilishi;
🔹 aniqlangan kamchiliklarning sabablari va ularni bartaraf etish choralari
o‘rganiladi.
📋 Shuningdek, tegishli tashkilotlardan so‘yish korxonalari faoliyatiga oid hujjatlar belgilangan tartibda so‘rab olinadi. O‘rganish ishlari tasdiqlangan savolnoma asosida amalga oshiriladi.
⚠️ Asosiy e’tibor — noqonuniy va nazoratsiz so‘yish holatlarining oldini olish, veterinariya-sanitariya nazoratini kuchaytirish hamda aholiga sifatli va xavfsiz go‘sht mahsulotlari yetkazib berilishini ta’minlashga qaratiladi.
📊 O‘rganish yakunlari bo‘yicha ishchi guruhning tahliliy ma’lumoti doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilinib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
✅ Qaror doimiy komissiya a’zolari tomonidan 6 ta ovoz bilan yoqlab qabul qilindi.
📄 Qaror: DKQ 03-04/126-26
📅 2026-yil 28-avgust
Doimiy komissiya raisi — Turayev Feruz Erkinovich