O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mahallalarda hududlarni obodonlashtirish va ko‘rkamlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ibragimov Yuldashbek tomonidan “Kushchinor” mahallasida bayram oldidan hududning obodonchiligi va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar tashkil etildi.
🏢Jumladan, ko‘p qavatli uy atrofidagi hudud tartibga keltirilib, bino devorlarining tashqi qismi yangidan bo‘yalmoqda. Hududni toza, ozoda va bayramona ko‘rinishga keltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✅Mazkur ishlar mahalla faollari va tashabbuskor fuqarolar ishtirokida amalga oshirilmoqda. Bu kabi hamjihatlikdagi sa’y-harakatlar mahallada yashovchi aholi uchun yanada qulay va obod muhit yaratishga xizmat qiladi.
🇺🇿Yurtimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin! Yurtimiz tinch, mahallalarimiz obod bo‘lsin!
Bizni kuzatishda davom eting!