Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati O. Artiqova Qadriyat mahallasidagi “mahalla yettiligi” hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, muammolari va takliflari tinglanib, ularni qonuniy tartibda hal etish, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda murojaatlarning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Mazkur uchrashuv xalq deputatlari Kengashi deputatining saylovchilar bilan doimiy muloqotini mustahkamlash, aholi muammolarini manzilli o‘rganish va ularning yechimiga amaliy ko‘mak ko‘rsatishga qaratildi.