24–28-avgust
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi tomonidan joriy hafta davomida deputatlar faoliyatini samarali tashkil etish, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish va hududdagi dolzarb masalalarni o‘rganish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.
Deputatlar faoliyatini yoritish;
Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish;
24 ta tavsiya va 162 ta qonun ijrosini ta’minlash;
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazish;
Ko‘p qavatli uylar va hududlar holatini o‘rganish;
“Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida uchrashuvlar tashkil etish;
Maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligini o‘rganish;
Mahallalarda “mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rganish;
PQ-62-son qarori ijrosini nazorat qilish;
Haftalik ishlar yakunlarini sarhisob qilish.
Belgilangan vazifalar ijrosi Kengash kotibiyati va doimiy komissiyalar tomonidan nazorat qilinadi.