35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Qonunchilik targ‘iboti — huquqiy bilim va imkoniyat sari
янв.21
5-maktab yangi o‘quv yiliga tayyormi?
янв.21
“Oila va xotin-qizlar” bo‘limi faoliyati hamda 257-son qaror ijrosi o‘rganildi
янв.21
Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
Kogon shahrining aziz tadbirkorlari!
янв.21
KOGON SHAHRIDA TADBIRKORLIK UCHUN YANGI IMKONIYATLAR!
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 24.03.2026 yildagi O‘RQ-1123-sonli Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi Qonuniga asosan, Kogon shahrining Ziyokor mahallasidagi bolalar maydonchasi Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi nazorati ostida yangicha qiyofa kasb etdi! Maydoncha jihozlari kraska qilinib, hudud yanada chiroyli va fayzli holga keltirildi.
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati D. Danayev tomonidan Amir Temur mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirish, xonadonlarda daromadli mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish hamda fuqarolarga imtiyozli kredit va subsidiyalardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi murojaatlari bilan ishlashni yanada kuchaytirish hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.