Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🔠Mazkur yo‘nalishda saylov okrugi deputati Egamberdiyev Shaxzod Baxodir o‘g‘liga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Aliyeva “Xusniobod” mahallasidada ish yuritayotgan N.Madaliyeva hokim yordamchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
🤝O‘rganish davomida hokim yordamchisi bilan hamkorlikda xotin-qizlarning ish bilan ta’minlanganlik holati, mavjud muammolar va ularni hal etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
🌱Ishsiz yoki bandligi ta’minlanmagan xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, doimiy va daromadli mehnat faoliyatiga jalb etish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqildi.
👩Xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish va ularning bandligini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratida davom ettiriladi.
Bizni kuzatishda davom eting!