35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
Kogon shahrining aziz tadbirkorlari!
янв.21
KOGON SHAHRIDA TADBIRKORLIK UCHUN YANGI IMKONIYATLAR!
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 24.03.2026 yildagi O‘RQ-1123-sonli Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi Qonuniga asosan, Kogon shahrining Ziyokor mahallasidagi bolalar maydonchasi Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi nazorati ostida yangicha qiyofa kasb etdi! Maydoncha jihozlari kraska qilinib, hudud yanada chiroyli va fayzli holga keltirildi.
янв.21
Kogon shahar Kengashi deputati A. Ergashev hamda mas’ul bosh mutaxassis Z. Temirova tomonidan “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasi talablari asosida chiqindi poligoni va chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
Birgina svetofor — ko‘pchilikning xavfsizligi!
янв.21
SESSIYALARIMIZ — MATBUOT E’TIBORIDA!
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-637, 23.09.2020-yil), “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 19¹-moddasi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida 7-son umumta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladigan masala yuzasidan sessiya oldi o‘rganish olib borildi.
Aholi xonadonlaridagi holat o‘rganildi

Aholi xonadonlaridagi holat o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi F. Temirov Gumbaz mahallasi aholi xonadonlarini o‘rgandi.

O‘rganish davomida fuqarolarning daromadlarini oshirish, bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xonadonlarda yashovchi fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning kundalik hayotida uchrayotgan, turli sabablarga ko‘ra hal etilishi zarur bo‘lgan muammo va murojaatlari tinglandi.
Aholi bilan muloqot davomida:
🔹 ish bilan ta’minlash va doimiy daromad manbalarini yaratish;
🔹 tomorqa va xonadon imkoniyatlaridan samarali foydalanish;
🔹 ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash;
🔹 fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy va maishiy muammolarni aniqlash masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 1