35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Oila va xotin-qizlar” bo‘limi faoliyati hamda 257-son qaror ijrosi o‘rganildi
янв.21
Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
Kogon shahrining aziz tadbirkorlari!
янв.21
KOGON SHAHRIDA TADBIRKORLIK UCHUN YANGI IMKONIYATLAR!
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 24.03.2026 yildagi O‘RQ-1123-sonli Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi Qonuniga asosan, Kogon shahrining Ziyokor mahallasidagi bolalar maydonchasi Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi nazorati ostida yangicha qiyofa kasb etdi! Maydoncha jihozlari kraska qilinib, hudud yanada chiroyli va fayzli holga keltirildi.
янв.21
Kogon shahar Kengashi deputati A. Ergashev hamda mas’ul bosh mutaxassis Z. Temirova tomonidan “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasi talablari asosida chiqindi poligoni va chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
Birgina svetofor — ko‘pchilikning xavfsizligi!
янв.21
SESSIYALARIMIZ — MATBUOT E’TIBORIDA!
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash — iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili

 Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash — iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili  

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 18-avgust kuni Xiva shahrida tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida mamlakatimizda biznes muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan muhim tashabbuslar ilgari surildi.  

Bugun yurtimizda 1 million 200 ming nafar tadbirkor faoliyat yuritmoqda. So‘nggi besh yilda biznes rivojiga to‘sqinlik qilgan masalalarni hal etish maqsadida 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi. Biznes kredit portfeli qariyb 3 barobar oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkichlar tadbirkorlik uchun yaratilayotgan
imkoniyatlar amalda o‘z samarasini berayotganini ko‘rsatadi.
 

Xorazm viloyatida qisqa davrda 4 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinib, 10 mingta yangi quvvat ishga tushirildi. Viloyat iqtisodiyotining 72 foizi kichik biznes hisobiga yaratilmoqda, eksportda uning ulushi 81 foizni tashkil etmoqda. Bu natijalar hududda xususiy sektor iqtisodiy o‘sishning muhim drayveriga aylanayotganidan dalolat beradi. 

Ochiq muloqotda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashning 5 ta ustuvor yo‘nalishi belgilab berildi. Jumladan, yangi tadbirkorlarga 5 milliard so‘mgacha onlayn kredit, “Biznes start” dasturi doirasida 200 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratish, sun’iy intellekt joriy etish xarajatlarining 50 foizini kompensatsiya qilish, eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashga kamida 1 milliard dollar yo‘naltirish kabi choralar belgilandi. Mazkur tashabbuslar tadbirkorning g‘oyasini amaliyotga tatbiq etishi va biznesini kengaytirishi uchun muhim tayanch bo‘ladi. 

Shuningdek, kichik biznesda ayrim tekshiruvlarga 3 yillik moratoriy joriy etilishi, 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinishi tadbirkorlar uchun yanada qulay muhit yaratadi. Bu esa ortiqcha ma’muriy to‘siqlarni kamaytirib, tadbirkorning o‘z faoliyatiga ko‘proq e’tibor qaratishiga
imkon beradi.

Qoraqalpog‘iston uchun “yashil” energetika, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt asosiy o‘sish nuqtalari sifatida belgilangani hudud iqtisodiy salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim imkoniyatdir. Ayniqsa, innovatsion yo‘nalishlarga e’tibor qaratilishi hududda yangi iqtisodiy imkoniyatlar va zamonaviy
ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.
  

Shu bilan birga, Urganch–Xiva yo‘nalishidagi 35 kilometrlik yangi avtomobil yo‘lining ishga tushirilishi hududning transport va turizm salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Yangi magistral orqali qatnov vaqti 45–50 daqiqadan 15–17 daqiqagacha qisqaradi. Bu kabi zamonaviy infratuzilma loyihalari aholi va sayyohlar uchun qulaylik yaratish bilan birga, hudud iqtisodiy faolligini yanada oshiradi. 

Umuman, ochiq muloqotda belgilangan vazifalar tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida hududlarda aholi farovonligini ta’minlash va barqaror iqtisodiy o‘sish uchun mustahkam zamin yaratadi. 

2-“A.Navoiy” saylov okrugi Xalq deputatlari Ellikqal’a tumani Kengashi deputati, O‘zXDP deputatlik guruhi rahbari Shodiyar Xodjiev