35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KOGON SHAHRIDA TADBIRKORLIK UCHUN YANGI IMKONIYATLAR!
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 24.03.2026 yildagi O‘RQ-1123-sonli Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi Qonuniga asosan, Kogon shahrining Ziyokor mahallasidagi bolalar maydonchasi Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi nazorati ostida yangicha qiyofa kasb etdi! Maydoncha jihozlari kraska qilinib, hudud yanada chiroyli va fayzli holga keltirildi.
янв.21
Kogon shahar Kengashi deputati A. Ergashev hamda mas’ul bosh mutaxassis Z. Temirova tomonidan “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasi talablari asosida chiqindi poligoni va chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
Birgina svetofor — ko‘pchilikning xavfsizligi!
янв.21
SESSIYALARIMIZ — MATBUOT E’TIBORIDA!
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-637, 23.09.2020-yil), “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 19¹-moddasi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida 7-son umumta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladigan masala yuzasidan sessiya oldi o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xo‘jabargi MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
16 MILLIARD 848,2 MLN SO‘M — TA’LIM VA IJTIMOIY SOHALARGA!
янв.21
#kunlik_ish_reja
FUQAROLAR FIKRI VA MUROJAATLARI O‘RGANILDI

FUQAROLAR FIKRI VA MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 10-Yangiyo‘l saylov okrugi deputati R. Shamanov saylangan hududidagi Mustaqillik MFYda fuqarolar bilan bevosita muloqot tashkil etildi.

Deputat mahalla hududida fuqarolar bilan ko‘chalarda yurib, hududda olib borilayotgan ishlar, mahalla yettiligi hamda deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan aholining fikr-mulohazalarini tingladi.

Muloqot davomida fuqarolarning mavjud muammolari, taklif va murojaatlari o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur jarayonni Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassisi K. Abdullayeva tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

Fuqarolar bilan bunday bevosita muloqotlar hududdagi muammolarni aniqlash, aholi fikrini o‘rganish va ularning murojaatlarini amaliy hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 4