35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KOGON SHAHRIDA TADBIRKORLIK UCHUN YANGI IMKONIYATLAR!
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 24.03.2026 yildagi O‘RQ-1123-sonli Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi Qonuniga asosan, Kogon shahrining Ziyokor mahallasidagi bolalar maydonchasi Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi nazorati ostida yangicha qiyofa kasb etdi! Maydoncha jihozlari kraska qilinib, hudud yanada chiroyli va fayzli holga keltirildi.
янв.21
Kogon shahar Kengashi deputati A. Ergashev hamda mas’ul bosh mutaxassis Z. Temirova tomonidan “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasi talablari asosida chiqindi poligoni va chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
Birgina svetofor — ko‘pchilikning xavfsizligi!
янв.21
SESSIYALARIMIZ — MATBUOT E’TIBORIDA!
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-637, 23.09.2020-yil), “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 19¹-moddasi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida 7-son umumta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladigan masala yuzasidan sessiya oldi o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xo‘jabargi MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
16 MILLIARD 848,2 MLN SO‘M — TA’LIM VA IJTIMOIY SOHALARGA!
янв.21
#kunlik_ish_reja
OBOD HUDUD — FAROVON HAYOT GAROVI

“Obodonlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida Yunusobod tumanidagi “Billur” mahallasida hududning obodonlik va sanitariya holatini o‘rganish ishlari olib borildi.

🇺🇿Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi, senator Rustamxon Kalanov, Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ashrapov Iqbolxon, “mahalla yettiligi” a’zolari, mahalla raisi hamda nuroniylar ishtirok etdi.

🌳 O‘rganish davomida ichki ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar atrofi, yashil hududlar, tungi yoritish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda aholi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

🤝 Shuningdek, “mahalla yettiligi” a’zolari bilan suhbat o‘tkazilib, yoshlar bandligi, aholini kambag‘allikdan chiqarish, xotin-qizlar va ehtiyojmand oilalar bilan ishlash, ijtimoiy xizmatlar hamda huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

🗣 Mahalla aholisi va nuroniylarning murojaat hamda takliflari tinglanib, aniqlangan muammolarni manzilli hal etish va hudud obodonligini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 5