Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi raisi B. Ochilov tomonidan Shombuloq mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi QVP faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida tibbiy muassasaning faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, mavjud sharoitlar hamda aniqlangan muammolar ko‘zdan kechirildi.
🤝 Mas’ullar bilan muloqotda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga sifatli va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Aholi salomatligi — eng ustuvor vazifa! 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️