Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati A.Isaqulov tomonidan Samaqand mahallasi hududdagi aholi xonadonlarining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqarolarning tomorqalaridan unumli foydalanishi, ekin ekish, meva-sabzavotchilik va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat olib borishi, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish holatlariga e’tibor qaratildi.
🌿 Shuningdek, xonadonlarda tomorqa yerlaridan oqilona foydalanish, bo‘sh turgan maydonlarni obod qilish hamda yetishtirilayotgan mahsulotlar orqali oilalar daromadini oshirish imkoniyatlari yuzasidan tavsiyalar berildi.
🤝 Bunday o‘rganishlar aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanishini qo‘llab-quvvatlash, xonadonlar farovonligini oshirish va mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solishga xizmat qiladi.