Boshrabot mahallasida yangi maktab qurilishi taklifi bilan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
✅ Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashi raisi Bekmurot Xaitov tomonidan Boshrabot mahallasi fuqarolarining murojaatlari asosida “Yomchi” qishlog‘i hududida 450 o‘rinli umumiy o‘rta ta’lim maktabi qurilishini 2027-yilgi Davlat investitsiya dasturi (yoki tegishli davlat dasturi)ga kiritishda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborilganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.
https://t.me/BoysuntumanKK/4078?single
✅Ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 27 dekabrdagi “2026 — 2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qarori asosida 360-o‘ringa mo‘ljallangan maktab binosi qurilishi rejalashtirilganligi to‘g‘risida javob xati olindi