35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
Kogon shahrining aziz tadbirkorlari!
янв.21
KOGON SHAHRIDA TADBIRKORLIK UCHUN YANGI IMKONIYATLAR!
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 24.03.2026 yildagi O‘RQ-1123-sonli Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi Qonuniga asosan, Kogon shahrining Ziyokor mahallasidagi bolalar maydonchasi Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi nazorati ostida yangicha qiyofa kasb etdi! Maydoncha jihozlari kraska qilinib, hudud yanada chiroyli va fayzli holga keltirildi.
янв.21
Kogon shahar Kengashi deputati A. Ergashev hamda mas’ul bosh mutaxassis Z. Temirova tomonidan “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasi talablari asosida chiqindi poligoni va chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
Birgina svetofor — ko‘pchilikning xavfsizligi!
янв.21
SESSIYALARIMIZ — MATBUOT E’TIBORIDA!
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-637, 23.09.2020-yil), “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 19¹-moddasi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida 7-son umumta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladigan masala yuzasidan sessiya oldi o‘rganish olib borildi.
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasida qurilgan oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi

Tashabbusli byudjet loyihasi doirasida qurilgan oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi

👥 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi bosh mutaxassisi Noila Samandarova hamda tuman Moliya bo‘limi mas’ul xodimi G‘olib Sadullayev ishtirokida Tashabbusli byudjet loyihasi asosida qurib bitkazilgan Uzun oilaviy poliklinikasi binosida nazorat o‘rganishi olib borildi.

🏥 O‘rganish davomida yangi binodagi mavjud kamchiliklar, ularni bartaraf etish choralari, poliklinikaning aholiga foydalanishga topshirilish muddatlari hamda loyiha doirasida belgilangan ishlarning ijrosi yuzasidan mas’ullar ishtirokida muhokamalar o‘tkazildi. Aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, ijro jarayoni deputatlik nazoratiga olindi.       

Slide 1 of 3