35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Beruniy” mahalla fuqarolar yig‘inining Nurobod, Tashabbuskor, Zamondosh ko‘chalaridagi quduqlar ochiq (og‘izsiz) holatda ekanligi, bolalar va keksalarning harakatlanishi uchun xavf tug‘dirib, baxtsiz hodisalar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkinligi to'g'risida.
янв.21
Bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘yingohdagi barcha jihozlarning texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish to'g'risida
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
#qonunlar_taqsimoti
янв.21
Bu natija bizni chin dildan quvontirdi!
янв.21
“KOGON PERLIT” MCHJ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI — QONUN VA AMALIY YECHIM ASOSIDA
янв.21
Aholi murojaati ijobiy hal etildi
#munosabat

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning imzolanishini davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish yo‘lidagi muhim qadam, deb hisoblayman. Mazkur qonun Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari va vakolatlarini aniq belgilab beradi.

🌏Ayniqsa, Administratsiyaning mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishini tahlil qilish, Prezident tomonidan belgilangan islohotlarni tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlash, davlat organlari faoliyati va topshiriqlar ijrosini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish kabi vazifalarining qonun darajasida mustahkamlanayotgani e’tiborlidir.

🌏Deputat sifatida ushbu hujjat davlat boshqaruvida qonuniylik, mas’uliyat va ijro intizomini kuchaytirish, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashga xizmat qiladi, deb hisoblayman.

🌏Eng muhimi, qonun bilan mustahkamlangan yangi huquqiy asoslar xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, ochiq, samarali va natijador boshqaruv tizimini yanada rivojlantirishga zamin yaratadi. Bu esa hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijadorligini oshirishga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati B.Dilliyev