35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Beruniy” mahalla fuqarolar yig‘inining Nurobod, Tashabbuskor, Zamondosh ko‘chalaridagi quduqlar ochiq (og‘izsiz) holatda ekanligi, bolalar va keksalarning harakatlanishi uchun xavf tug‘dirib, baxtsiz hodisalar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkinligi to'g'risida.
янв.21
Bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘yingohdagi barcha jihozlarning texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish to'g'risida
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
#qonunlar_taqsimoti
янв.21
Bu natija bizni chin dildan quvontirdi!
янв.21
“KOGON PERLIT” MCHJ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI — QONUN VA AMALIY YECHIM ASOSIDA
янв.21
Aholi murojaati ijobiy hal etildi
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Abduxayomova va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun talablarining ijrosi, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va ko‘maklarni ko‘rsatish holati bo‘yicha tuzilgan savolnomaga asosan o‘rganish o‘tkazildi.

🔺O‘rganish davomida markaz tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga munosib turmush sharoitlarini yaratish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning ehtiyojlarini aniqlash va individual yondashuv asosida zarur xizmatlarni tashkil etish, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash, ijtimoiy-maishiy ko‘mak ko‘rsatish hamda zarur hollarda tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish ishlari tahlil qilindi.

🔺Shuningdek, fuqarolarga o‘z huquqlari va qonunchilikda belgilangan imtiyozlar haqida tushuntirish ishlarining tashkil etilganligi, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, ijtimoiy xizmatlarning manzilli va sifatli ko‘rsatilishi holati ham ko‘zdan kechirildi.

🔺Deputat tomonidan markaz mas’ullariga nogironligi bo‘lgan shaxslarning murojaatlariga befarq bo‘lmaslik, har bir murojaatni individual o‘rganish, qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlardan to‘liq foydalanishlari uchun zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3