35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Beruniy” mahalla fuqarolar yig‘inining Nurobod, Tashabbuskor, Zamondosh ko‘chalaridagi quduqlar ochiq (og‘izsiz) holatda ekanligi, bolalar va keksalarning harakatlanishi uchun xavf tug‘dirib, baxtsiz hodisalar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkinligi to'g'risida.
янв.21
Bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘yingohdagi barcha jihozlarning texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish to'g'risida
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
#qonunlar_taqsimoti
янв.21
Bu natija bizni chin dildan quvontirdi!
янв.21
“KOGON PERLIT” MCHJ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI — QONUN VA AMALIY YECHIM ASOSIDA
янв.21
Aholi murojaati ijobiy hal etildi
#Deputatlik_faoliyati

🗓 HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi hudud deputati Anis Hamidovning vakili sifatida shahar Kengashi Kotibiyati mudiri K.Umarboev, kotibiyat mutaxassisi tomonidan 11-Marifat saylov okrugi hududidagi Marifat MFY mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi. 🏘

📈Nazorat tadbiri davomida "Mahalla yettiligi" tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan hokim yordamchisining aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida 4 nafar ishsiz fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilgani, 18 nafar fuqaroning doimiy ish bilan ta’minlangani aniqlandi. Shuningdek, yil boshidan buyon 37 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida fuqaro o‘zini- o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgani qayd etildi.

📝Uchrashuv yakunida hokim yordamchisi bilan hamkorlikda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Nurafshon shahri Kengashi axborot xizmati.

Slide 1 of 3