35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Beruniy” mahalla fuqarolar yig‘inining Nurobod, Tashabbuskor, Zamondosh ko‘chalaridagi quduqlar ochiq (og‘izsiz) holatda ekanligi, bolalar va keksalarning harakatlanishi uchun xavf tug‘dirib, baxtsiz hodisalar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkinligi to'g'risida.
янв.21
Bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘yingohdagi barcha jihozlarning texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish to'g'risida
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
#qonunlar_taqsimoti
янв.21
Bu natija bizni chin dildan quvontirdi!
янв.21
“KOGON PERLIT” MCHJ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI — QONUN VA AMALIY YECHIM ASOSIDA
янв.21
Aholi murojaati ijobiy hal etildi
“MAHALLABAY” ISHLASH, IMKONIYAT VA ZAXIRALAR DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 20-Terak tagi saylov okrugi deputati Rustamjon Tojimatovich Madaminov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi Z. Yakubova tomonidan saylov okrugi hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori, Senat Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida Galatoy mahallasida “mahallabay” ishlash tizimi orqali yangi imkoniyat va zaxiralarni aniqlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda hududni obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mahalladagi hokim yordamchisi ko‘magida aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 9 nafar fuqaroga jami 157 million so‘m kredit mablag‘i ajratilib, ular o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, kredit mablag‘lari va tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan 19 ta yangi kichik loyiha tashkil etilgan.

Aholi bandligini ta’minlash borasida ham muayyan natijalarga erishilgan. Xususan, “Ayollar daftari”dagi ishsiz xotin-qizlar hamda ishsiz yoshlarni kasbiga va imkoniyatlariga mos ravishda doimiy, mavsumiy, kasanachilik va yollanma ishlarga jalb etish orqali 103 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.

Kasb-hunarga o‘qitish yo‘nalishida ham amaliy ishlar olib borilmoqda. Ishsiz va kasbiy malakaga ega bo‘lmagan fuqarolarga kasb-hunar o‘rganish uchun yo‘llanmalar berilgan. 2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, 8 nafar fuqaro o‘qishni tamomlagan, 5 nafar fuqaro o‘qish vaucheri orqali ta’limni davom ettirmoqda. Yana 3 nafar fuqaro yangi o‘quv guruhi shakllanishini kutmoqda.

O‘rganish davomida erishilgan natijalar bilan bir qatorda, mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish, yangi mikroloyihalarni ko‘paytirish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va bandlikni ta’minlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarurligi qayd etildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazoratiga olinib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda aholi manfaatlariga xizmat qiladigan amaliy natijalarni oshirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 5