35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Beruniy” mahalla fuqarolar yig‘inining Nurobod, Tashabbuskor, Zamondosh ko‘chalaridagi quduqlar ochiq (og‘izsiz) holatda ekanligi, bolalar va keksalarning harakatlanishi uchun xavf tug‘dirib, baxtsiz hodisalar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkinligi to'g'risida.
янв.21
Bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘yingohdagi barcha jihozlarning texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish to'g'risida
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
#qonunlar_taqsimoti
янв.21
Bu natija bizni chin dildan quvontirdi!
янв.21
“KOGON PERLIT” MCHJ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI — QONUN VA AMALIY YECHIM ASOSIDA
янв.21
Aholi murojaati ijobiy hal etildi
9-son oilaviy poliklinikada pulli tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-noyabrdagi 718-son qarori bilan tasdiqlangan *“O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida pulli xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom”*ning tumandagi ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish doirasida 9-son oilaviy poliklinikada pulli tibbiy xizmatlarni tashkil etish va ko‘rsatish holati ko‘zdan kechirildi.
Jumladan, pulli tibbiy xizmat turlari va tariflarning belgilangan tartibda tasdiqlanganligi, xizmatlar va ularning narxlari haqida aholiga ochiq va to‘liq axborot berilishi, shuningdek, tibbiy xizmatlar uchun to‘lovlarning qonunchilik talablari asosida amalga oshirilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, bemorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, xizmat ko‘rsatish jarayonida shaffoflik va qonuniylikka rioya etilishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Slide 1 of 4