35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Beruniy” mahalla fuqarolar yig‘inining Nurobod, Tashabbuskor, Zamondosh ko‘chalaridagi quduqlar ochiq (og‘izsiz) holatda ekanligi, bolalar va keksalarning harakatlanishi uchun xavf tug‘dirib, baxtsiz hodisalar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkinligi to'g'risida.
янв.21
Bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘yingohdagi barcha jihozlarning texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish to'g'risida
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
#qonunlar_taqsimoti
янв.21
Bu natija bizni chin dildan quvontirdi!
янв.21
“KOGON PERLIT” MCHJ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI — QONUN VA AMALIY YECHIM ASOSIDA
янв.21
Aholi murojaati ijobiy hal etildi
Tibbiyot muassasasida qonun ijrosi o‘rganildi

2026-yil 13-avgust kuni Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ishchi guruhi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida pulli xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Vazirlar Mahkamasi qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Ishchi guruh Pastdarg‘om tumani ko‘p tarmoqli tibbiy birlashmasida bo‘lib, muassasada mazkur qonun talablarining amaliy ijrosi, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati hamda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
O‘rganish davomida tibbiy xizmatlarning sifati va samaradorligi, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Aniqlangan holatlar asosida tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, qonun ijrosini yanada kuchaytirish hamda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 6