35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Beruniy” mahalla fuqarolar yig‘inining Nurobod, Tashabbuskor, Zamondosh ko‘chalaridagi quduqlar ochiq (og‘izsiz) holatda ekanligi, bolalar va keksalarning harakatlanishi uchun xavf tug‘dirib, baxtsiz hodisalar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkinligi to'g'risida.
янв.21
Bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘yingohdagi barcha jihozlarning texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish to'g'risida
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
#qonunlar_taqsimoti
янв.21
Bu natija bizni chin dildan quvontirdi!
янв.21
“KOGON PERLIT” MCHJ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI — QONUN VA AMALIY YECHIM ASOSIDA
янв.21
Aholi murojaati ijobiy hal etildi
“Dolzarb 90 kunlik” va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida uchrashuv

Andijon pedagogika texnikumida 2026–2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari doirasida yangi o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv-muloqot tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon pedagogika texnikumi direktori Dilafruz Qurbonova tomonidan kutubxonashunoslik yo‘nalishida tahsil olish istagida bo‘lgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida texnikumning ichki tartib-qoidalari, kiyinish madaniyati, yagona maxsus forma talablari, o‘quv va amaliyot jarayonlari, shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganish hamda yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardagi ishtiroki masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Yoshlarning sifatli ta’lim olishi, kasbiy ko‘nikmalarni egallashi va kelajakda munosib mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.

Slide 1 of 4