35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Beruniy” mahalla fuqarolar yig‘inining Nurobod, Tashabbuskor, Zamondosh ko‘chalaridagi quduqlar ochiq (og‘izsiz) holatda ekanligi, bolalar va keksalarning harakatlanishi uchun xavf tug‘dirib, baxtsiz hodisalar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkinligi to'g'risida.
янв.21
Bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘yingohdagi barcha jihozlarning texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish to'g'risida
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
#qonunlar_taqsimoti
янв.21
Bu natija bizni chin dildan quvontirdi!
янв.21
“KOGON PERLIT” MCHJ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI — QONUN VA AMALIY YECHIM ASOSIDA
янв.21
Aholi murojaati ijobiy hal etildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🟢 SHEROBOD TUMANIDAGI “KATTABOG‘” MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORAT-TAHLIL TADBIRI O‘TKAZILDI

Sherobod tumanining “Kattabog‘” mahallasida deputatlik nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar va aholi uchun dolzarb masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Tadbirda xalq deputatlari viloyat Kengashi Kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov, tuman Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdi.
📍 JOyiga chiqib o‘rganildi
O‘rganish davomida D-163 “Sherobod–Poshkhurt–Oqtosh–Tuzkon” avtomobil yo‘lining holati ham ko‘zdan kechirildi.
Umumiy uzunligi 30 km bo‘lgan mazkur yo‘lning 2026-yilda 10 km qismini asfaltlash rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda 3 km qismida asfaltlash ishlari bajarilgan.
Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 386-son qarori asosida amalga oshirilmoqda.
🏘 MAHALLADAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
Mahalla mas’ullari bilan muloqot davomida aholini qiynayotgan qator masalalar muhokama qilindi.
Xususan:
🔹 maishiy gaz ballonlarining o‘z vaqtida yetkazib berilmasligi;
🔹 elektr energiyasi ta’minotidagi muammolar;
🔹 aholi tomonidan bildirilgan boshqa taklif va murojaatlar.
📌 MUAMMO — TEGISHLI TASHKILOTGA MUROJAAT
O‘rganish davomida aniqlangan muammolar yuzasidan shu kunning o‘zida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.
Shuningdek, xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi oldidan kun tartibiga kiritiladigan masalalar bo‘yicha mahalla aholisi va mas’ullarning takliflari ham o‘rganildi.
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlarining asosiy maqsadi — muammolarni joyiga chiqqan holda aniqlash, ularni mas’ul tashkilotlar oldiga qo‘yish va yechimini nazoratga olishdan iborat.
📢 Yuborilgan deputatlik so‘rovlari va ular bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida keyingi xabarlarimizda ma’lumot berib boramiz.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 3