📌Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Rasulov Ibrohim Xabibullayevich tomonidan Uysozlar mahallasida joylashgan 435-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida nazorat tadbiri o‘tkazildi.
❗️Tadbir davomida muassasada bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tarbiyalanuvchilarning ovqatlanishini tashkil etish holati hamda oshxonaning sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi o‘rganildi. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tayyorlash va oshxona jihozlarining holati ham ko‘zdan kechirildi.
🔰Nazorat tadbiri yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur tavsiya va takliflar bildirildi.