Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari joylarda aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning murojaat va takliflarini bevosita xonadonlarga kirgan holda o‘rganish ishlarini tizimli davom ettirmoqda.
Xususan, Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi raisi Z.Suyarova, tuman Kengashi deputatlari hamda biriktirilgan tashkilot xodimlari ijrosida 16-Sazag‘on saylov okrugiga qarashli Mehnatkash mahallasida navbatdagi o‘rganishlar o‘tkazildi.
Muloqotlar davomida deputatlar:
Aholi xonadonlarida bo‘lib, fuqarolarning kundalik hayotdagi maishiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy muammolarini tinglashdi;
Mahalla ahlidan tushgan taklif va tashabbuslarni joyida atroflicha muhokama qilishdi;
Hududdagi mavjud masalalarni hal etish uchun mas'ul tashkilot vakillari bilan birgalikda aniq choralar belgilab olishdi.
O‘rganishlar natijasida aniqlangan aksariyat masalalar bo‘yicha deputatlar tomonidan mas'ul idoralarga tegishli topshiriqlar berildi va ularning ijrosi qat'iy nazoratga olindi. Bir qator murojaatlarga esa joyida huquqiy va amaliy tushunchalar berildi.
Deputatlarning bunday xonadonbay muloqotlari tumanning boshqa hududlarida ham izchil davom etmoqda.