📚 QONUNLAR — HUQUQIY BILIM VA XABARDORLIK ASOSI!
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 12-Cho‘mishli–Taroqli saylov okrugi deputati Shermuxamedova Fazilatxon Muxiddinovna tomonidan aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonunlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan o‘rganish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
🔹 “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni — O‘RQ-931-son;
🔹 “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni — O‘RQ-369-son;
🔹 “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni — O‘RQ-419-son.
Mazkur qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, ularning kundalik hayotdagi ahamiyatini tushuntirish hamda qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish — muhim vazifalardan biridir.
⚖️ Qonunni bilish — o‘z huquqini bilishdir!
🤝 Huquqiy savodxon jamiyat — qonun ustuvor bo‘lgan jamiyatdir!