35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi, “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonunlari hamda Byudjet kodeksiga muvofiq, Kogon shahrida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda.
янв.21
#ijtimoiy_tarmoqlar
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 27.12.2013-yildagi №O‘RQ-363-sonli “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xo‘jabargi MFY hududidagi “Xo‘jabargi Ato” qabristonida keng ko‘lamli hashar tashkil etildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi №O‘RQ-363-sonli “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida hududlarda atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan amaliy ishlar izchil olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining №O‘RQ-637, Qabul qilingan sana 23.09.2020-yildagi Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuniga asosan, Prezident maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi.
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
#qonun_19_1_modda #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #162_qonun #muhim_qarorlar
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati X. Amonov tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari ishtirokida ehtiyojmand fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurildi.
янв.21
#kunlik_ish_reja_mudir
Naqqoshlik mahallasida “Dolzarb 40 kun” doirasida ekologik va sanitariya tadbiri o‘tkazildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li tomonidan 15-Naqqoshlik saylov okrugi hududidagi Naqqoshlik mahallasida “Dolzarb 40 kun” dasturi doirasida ekologik barqarorlikni ta’minlash va hududlarni obodonlashtirishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida mahalla hududida sanitariya holatini yaxshilash, ko‘chalar va jamoat joylarini tozalash, maishiy chiqindilarni to‘g‘ri yig‘ish va olib chiqish tizimini takomillashtirish, shuningdek, fuqarolarda atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla faollari va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida hududni ozoda saqlash, ekologik talab va qoidalarga rioya etish hamda obodonlashtirish ishlarini tizimli ravishda davom ettirish yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

Mazkur tadbir hududlarda ekologik madaniyatni yuksaltirish, sanitariya-tozalash ishlarini izchil tashkil etish va aholining ushbu jarayonlardagi faolligini oshirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 7