35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi №O‘RQ-363-sonli “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida hududlarda atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan amaliy ishlar izchil olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining №O‘RQ-637, Qabul qilingan sana 23.09.2020-yildagi Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuniga asosan, Prezident maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi.
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
#qonun_19_1_modda #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #162_qonun #muhim_qarorlar
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati X. Amonov tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari ishtirokida ehtiyojmand fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurildi.
янв.21
#kunlik_ish_reja_mudir
янв.21
27-31-iyul
янв.21
muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Ushbu o‘rganish jarayonida hududdagi mavjud holat, xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, profilaktika choralari hamda mas’ul tashkilotlar faoliyati tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati M. Mamedov Temiryo‘lchilar kuni munosabati bilan sohada ko‘p yillar samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh fidoyi temiryo‘lchilarni munosib taqdirladi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

#dayjest #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Ushbu faoliyatlar joylardagi dolzarb masalalarni aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan.

🗓 10-avgust, dushanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Murodxon Jo'rayev 49-Al-Buxoriy okrugida 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berib, hisobot davrida bajarilgan ishlar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot beradi.
🔍 Mas’ul: D. Ravshanbekov

🗓 11-avgust, seshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ulug'bek Rasulov 25-Qatortol okrugida 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berib, hisobot davrida bajarilgan ishlar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot beradi.
🔍 Mas’ul: S. Irgashev

🗓 12-avgust, chorshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Uchtepa hamda Sergeli tumanlarida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: M.Yusupuv

🗓 13-avgust, payshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Olmazor hamda Chilonzor tumanlarida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: J. G'ulomqodirov

🗓 14-avgust, juma kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Shayxontohur hamda Yunusobod tumanlarida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: S. Irgashev

💡 O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Olingan natijalar tahlil qilinib, kelgusi haftaning ustuvor vazifalari shakllantiriladi.

🔍 Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

📌 Hududlarda olib borilayotgan tizimli ishlar orqali aholining muammolarini hal etish, ochiq muloqotni ta’minlash hamda samarali deputatlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1