35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Beruniy” mahalla fuqarolar yig‘inining Nurobod, Tashabbuskor, Zamondosh ko‘chalaridagi quduqlar ochiq (og‘izsiz) holatda ekanligi, bolalar va keksalarning harakatlanishi uchun xavf tug‘dirib, baxtsiz hodisalar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkinligi to'g'risida.
янв.21
Bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘yingohdagi barcha jihozlarning texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish to'g'risida
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
#qonunlar_taqsimoti
янв.21
Bu natija bizni chin dildan quvontirdi!
янв.21
“KOGON PERLIT” MCHJ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI — QONUN VA AMALIY YECHIM ASOSIDA
янв.21
Aholi murojaati ijobiy hal etildi
#muhokamadanoldino'rganish #mahalla
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik jarayonida deputatlarning o‘z saylov okruglarida aholi muammolarini o‘rganishi hamda ularni doimiy komissiya muhokamasiga kiritishi bo‘yicha topshiriq ijrosi ta'minlanmoqda.

Ushbu topshiriqqa muvofiq, shahardagi "Chambil" mahallasida navbatdagi o‘rganish va muloqot tadbiri tashkil etildi. E'tiborli jihati, mazkur hudud deputati bir vaqtning o‘zida ushbu mahalla raisi ham bo‘lganligi bois, xolis va atroflicha o‘rganish o‘tkazish maqsadida jarayon Kengash Kotibiyati mudiri Sevar Qodirova hamda 2-okrug deputati Abdujabbor Djurayev tomonidan olib borildi.

🔍 O‘rganishlar davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🛠 Mahalla infratuzilmasi, hududdagi mavjud muammo va kamchiliklar;
👥 "Mahalla yettiligi" faoliyatining samaradorligi;
📩 Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va ularning ko‘rib chiqilish tartibi;
🗳 "Tashabbusli budjet" jarayonlarida aholining faolligi hamda takliflar ijrosi.
Natija:
O‘rganishlar yakuniga ko‘ra "Chambil" mahallasidagi haqiqiy holat bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlandi. Mazkur xulosalar ko‘rib chiqish va bo‘lajak sessiya kun tartibiga kiritish uchun Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyasiga taqdim etildi.
Aholi manfaatlari va hududlar obodligi yo‘lidagi deputatlik nazorati hamda o‘rganishlar izchil davom etadi.
Slide 1 of 5