35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Beruniy” mahalla fuqarolar yig‘inining Nurobod, Tashabbuskor, Zamondosh ko‘chalaridagi quduqlar ochiq (og‘izsiz) holatda ekanligi, bolalar va keksalarning harakatlanishi uchun xavf tug‘dirib, baxtsiz hodisalar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkinligi to'g'risida.
янв.21
Bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘yingohdagi barcha jihozlarning texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish to'g'risida
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
#qonunlar_taqsimoti
янв.21
Bu natija bizni chin dildan quvontirdi!
янв.21
“KOGON PERLIT” MCHJ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI — QONUN VA AMALIY YECHIM ASOSIDA
янв.21
Aholi murojaati ijobiy hal etildi
Toshkent shahrida xotin-qizlar bilan tizimli ishlash samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahrida xotin-qizlar bilan tizimli ishlash samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

💬Toshkent shahrida xotin-qizlar bilan tizimli ishlash samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni muhokama qilish hamda sohadagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.

🇺🇿Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbayeva, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Raisi Q.Rafikov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari D.Kattaxonova, Respublika komissiyasi a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Toshkent shahar hokimligi rahbariyati, Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh. Umarxodjayeva, banklar rahbarlari, tuman hokimlari va ularning tegishli o‘rinbosarlari, mahalla raislari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

📈Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – xotin-qizlar bilan ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish, sohadagi mavjud muammolarni ochiq muhokama qilish, mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda har bir ayolga manzilli va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab olishdan iborat bo‘ldi.

🟡Ochiq muloqot davomida mahalla raislari, xotin-qizlar faollari va jamoatchilik vakillari tizimni takomillashtirishga qaratilgan qator taklif va tashabbuslarini bildirdilar.

➡️Ta’kidlanganidek, xotin-qizlar bilan ishlash masalalariga bag‘ishlangan bunday keng qamrovli ochiq muloqot ilk bor o‘tkazildi. Muhokamalar jarayonida bildirilgan barcha taklif va mulohazalar mas’ul rahbarlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 9