35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Beruniy” mahalla fuqarolar yig‘inining Nurobod, Tashabbuskor, Zamondosh ko‘chalaridagi quduqlar ochiq (og‘izsiz) holatda ekanligi, bolalar va keksalarning harakatlanishi uchun xavf tug‘dirib, baxtsiz hodisalar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkinligi to'g'risida.
янв.21
Bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘yingohdagi barcha jihozlarning texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish to'g'risida
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
#qonunlar_taqsimoti
янв.21
Bu natija bizni chin dildan quvontirdi!
янв.21
“KOGON PERLIT” MCHJ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI — QONUN VA AMALIY YECHIM ASOSIDA
янв.21
Aholi murojaati ijobiy hal etildi
“TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHASI DOIRASIDAGI TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI

 “TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHASI DOIRASIDAGI TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov, tuman
Kengashi deputati B.Abduraximov, Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi
rahbari J.Abdurashidov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan
2026-yilgi “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida g‘olib deb topilgan 42-son
umumiy o‘rta ta’lim maktabi binolarini mukammal ta’mirlash bo‘yicha olib
borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
 

Mazkur loyiha “SSS BLESSING RESIDENSES” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
Loyihaning umumiy qiymati 1 mlrd 606,4 mln so‘mni tashkil etadi.
 

O‘rganish davomida ta’mirlash ishlarining joriy holati, bajarilayotgan
ishlarning sifati, loyiha talablari va belgilangan muddatlarga rioya etilishiga
alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, qurilish jarayonini sifatli tashkil
etish hamda ob’ektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan
mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 6