35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Beruniy” mahalla fuqarolar yig‘inining Nurobod, Tashabbuskor, Zamondosh ko‘chalaridagi quduqlar ochiq (og‘izsiz) holatda ekanligi, bolalar va keksalarning harakatlanishi uchun xavf tug‘dirib, baxtsiz hodisalar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkinligi to'g'risida.
янв.21
Bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘yingohdagi barcha jihozlarning texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish to'g'risida
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
#qonunlar_taqsimoti
янв.21
Bu natija bizni chin dildan quvontirdi!
янв.21
“KOGON PERLIT” MCHJ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI — QONUN VA AMALIY YECHIM ASOSIDA
янв.21
Aholi murojaati ijobiy hal etildi
#deputat nazorati

HUDUDLARDA DEPUTAT NAZORATI: Aholi yashash sharoitlari va BSK faoliyati o'rganilmoqda

Xalq deputatlari shahar Kengashi 4-To'y tepa saylov okrugi deputati A.Churataeva, kotibiyati mudiri K.Umarboev hamda mahalla raisilari bilan birgalikda Yangiobod mahalla fuqarolar yig'inida hudud infratuzilmasi va aholi yashash sharoitlari o'rganildi.

O'rganishlar davomida quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratildi:
🔹Ko'p qavatli uylar va ularning kirish yo'laklaridagi (pod'yezdlar) sanitariya va texnik holat;
🔹Ichki ko'chalar holati hamda hududning obodonlashtirish darajasi;
🔹Ko'p qavatli uylardagi liftlarning texnik sozligi va xavfsizlik talablariga javob berishi;
🔹Hududga xizmat ko'rsatuvchi Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) faoliyatining samaradorligi.

Xususan, "Mustaqilligimizning 35 yilligi" dahasidagi ko'p qavatli uylarning bugungi kundagi holati mahalla raisi va soha mas'ullari ishtirokida batafsil ko'zdan kechirildi.
Natija va nazorat
O'rganishlar jarayonida aniqlangan kamchilik va mavjud muammolar deputatning maxsus muammolarni qayd qilish jurnaliga kiritildi. Ushbu kamchiliklarni o'z vaqtida va sifatli bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berilib, ijrosi qat'iy deputat nazoratiga olindi.

Ta'kidlash joizki, xalq vakillari tomonidan joylarda olib borilayotgan bu kabi tizimli o'rganishlar va nazorat tadbirlari natijasida ko'plab hududlarda muammolar o'z yechimini topib, xalqimizning yashash sharoitlarini yaxshilash borasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda

Slide 1 of 2