35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QABRISTONLAR OBODLIGI — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
янв.21
MUAMMO JOYIDA O‘RGANILIB, YECHIMI BELGILANDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
INVESTITSIYA FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
#ijtimoiy_tarmoqlar
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining 2024-yil 3-dekabrdagi Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi VII-3-011-2-208-K/24-sonli qaroriga asosan, Kengash kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov ishtirokida kotibiyat bosh mutaxassislari Z. Temirova va I. Ikromov bilan kunlik bajariladigan ishlar yuzasidan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi, “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonunlari hamda Byudjet kodeksiga muvofiq, Kogon shahrida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda.
янв.21
#ijtimoiy_tarmoqlar
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 27.12.2013-yildagi №O‘RQ-363-sonli “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xo‘jabargi MFY hududidagi “Xo‘jabargi Ato” qabristonida keng ko‘lamli hashar tashkil etildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi №O‘RQ-363-sonli “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida hududlarda atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan amaliy ishlar izchil olib borilmoqda.
Deputat Ibaydullo Mamajanov “Ziyo” mahallasidagi obodonlashtirish ishlarida ishtirok etdi

Deputat Ibaydullo Mamajanov “Ziyo” mahallasidagi obodonlashtirish ishlarida ishtirok etdi

📍 “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” hamda “Dolzarb 40 kunlik” doirasida Olmazor tumanining “Ziyo” mahallasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

🤝 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ibaydullo Mamajanov mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish va sanitariya-tozalash ishlarini o‘rgandi.

🌱 Ishlar davomida:
🔹 hududlar tartibga keltirildi;
🔹 yashil maydonlar parvarish qilindi;
🔹 ko‘cha va yo‘laklar tozalandi;
🔹 sanitariya va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi; 🔹 aholi va mahalla faollari bilan hamjihatlikda hududni yanada obod qilish choralari ko‘rildi.

👥 Shuningdek, mahalla yettiligi vakillari, ko‘chaboshilar va aholi faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, Muxtaram Prezidentimiz tomonidan mahallalarda obod va xavfsiz muhit yaratish, har bir ko‘cha va xonadon atrofida ozodalikni ta’minlash hamda aholining mas’uliyatini oshirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi hamda hududdagi mavjud masalalar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

🇺🇿 Uchrashuv davomida mahallalarda obod, ozoda va qulay muhitni ta’minlash, har bir ko‘cha va xonadon atrofida tozalikni saqlash hamda aholining jamoatchilik ishlaridagi faolligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 8