35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
dayjest
янв.21
QABRISTONLAR OBODLIGI — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
янв.21
MUAMMO JOYIDA O‘RGANILIB, YECHIMI BELGILANDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
INVESTITSIYA FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
#ijtimoiy_tarmoqlar
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining 2024-yil 3-dekabrdagi Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi VII-3-011-2-208-K/24-sonli qaroriga asosan, Kengash kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov ishtirokida kotibiyat bosh mutaxassislari Z. Temirova va I. Ikromov bilan kunlik bajariladigan ishlar yuzasidan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi, “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonunlari hamda Byudjet kodeksiga muvofiq, Kogon shahrida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda.
янв.21
#ijtimoiy_tarmoqlar
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 27.12.2013-yildagi №O‘RQ-363-sonli “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xo‘jabargi MFY hududidagi “Xo‘jabargi Ato” qabristonida keng ko‘lamli hashar tashkil etildi.
Kimyogar MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Kimyogar MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Muhamedov Hamidulla Habibullayevich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov tomonidan 20-sonli saylov okrugi hududidagi Kimyogar mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Kimyogar MFYda jami 2198 ta xonadon mavjud bo‘lib, hududda 6296 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 3106 nafari erkaklar, 3190 nafari ayollarni tashkil etadi. Mahallada 1311 nafar yoshlar, 627 nafar 60 yosh va undan katta keksalar istiqomat qiladi.

Ijtimoiy holat bo‘yicha mahallada 1272 nafar pensioner, 214 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da 432 ta oila, “Kambag‘al oilalar reyestri”da esa 155 ta oila mavjudligi aniqlandi.

Aholi bandligi masalalari bo‘yicha o‘rganish jarayonida 46 nafar ishsiz fuqaro, shundan 31 nafar ishsiz yoshlar mavjudligi qayd etildi. Shuningdek, 38 nafar fuqaro mehnat migratsiyasiga ketgani ma’lum bo‘ldi.

Hududdagi tadbirkorlik va infratuzilma holati ham o‘rganilib, mahallada 108 ta tadbirkorlik subyekti, 20 ta savdo do‘koni, 5 ta umumiy ovqatlanish shoxobchasi, 4 ta futbol maydoni hamda boshqa ijtimoiy obyektlar faoliyat yuritayotgani aniqlandi.
Muhandislik infratuzilmasi bo‘yicha mahallada 30 ta transformator, 208 ta elektr tarmog‘i ustuni mavjud bo‘lib, 2198 ta xonadon markazlashgan ichimlik suvi va tabiiy gaz tarmog‘i bilan ta’minlangan.

O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi tomonidan hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy holatni o‘rganish, deputatlik nazoratini amalga oshirish va aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3