35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
dayjest
янв.21
QABRISTONLAR OBODLIGI — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
янв.21
MUAMMO JOYIDA O‘RGANILIB, YECHIMI BELGILANDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
INVESTITSIYA FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
#ijtimoiy_tarmoqlar
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining 2024-yil 3-dekabrdagi Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi VII-3-011-2-208-K/24-sonli qaroriga asosan, Kengash kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov ishtirokida kotibiyat bosh mutaxassislari Z. Temirova va I. Ikromov bilan kunlik bajariladigan ishlar yuzasidan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi, “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonunlari hamda Byudjet kodeksiga muvofiq, Kogon shahrida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda.
янв.21
#ijtimoiy_tarmoqlar
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 27.12.2013-yildagi №O‘RQ-363-sonli “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xo‘jabargi MFY hududidagi “Xo‘jabargi Ato” qabristonida keng ko‘lamli hashar tashkil etildi.
KENGASH QARORI IJRODA: 162-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABIDA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 2-apreldagi III-19-22-14-204-K/26-son qaroriga asosan, Chilonzor tumanidagi 162-sonli umumta’lim maktabida ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun 1 milliard 648 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Mazkur qaror ijrosi doirasida ayni paytda maktabning ta’mirtalab holga kelib qolgan hojatxonalari, kirish qismidagi foye va zinapoyalar, koridorlar, devorlar hamda deraza romlarini ta’mirlash va almashtirish, shuningdek, zarur jihozlar bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida ta’lim muassasasining moddiy-texnik holatini yaxshilash, o‘quvchilar va pedagoglar uchun xavfsiz, qulay hamda zamonaviy shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Kengash qarorlarining joylardagi ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilmoqda.

Slide 1 of 4