35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-637, 23.09.2020-yil), “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 19¹-moddasi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida 7-son umumta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladigan masala yuzasidan sessiya oldi o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xo‘jabargi MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
16 MILLIARD 848,2 MLN SO‘M — TA’LIM VA IJTIMOIY SOHALARGA!
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
17–21 AVGUST KUNLARIDAGI MUHIM VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“Beruniy” mahalla fuqarolar yig‘inining Nurobod, Tashabbuskor, Zamondosh ko‘chalaridagi quduqlar ochiq (og‘izsiz) holatda ekanligi, bolalar va keksalarning harakatlanishi uchun xavf tug‘dirib, baxtsiz hodisalar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkinligi to'g'risida.
янв.21
Bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘yingohdagi barcha jihozlarning texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish to'g'risida
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#kunlik_ish_reja
Deputat faoliyati – haftalik sarhisob

Deputat faoliyati – haftalik sarhisob

Hafta davomida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Xoliqulova Gulbahorning deputatlik faoliyati doirasida amalga oshirilgan ishlar keng jamoatchilikka yoritildi.

📝 Hisobot davrida jami 6 ta faoliyat ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilindi.

Jumladan:

🔹 Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalani okrugda o‘rganish – 1 ta
🔹 "Deputat daftari" doirasidagi o‘rganishlar – 2 ta
🔹 Deputat so‘rovlari – 2 ta
🔹 Deputat so‘roviga berilgan javob yuzasidan axborot – 1 ta

✅ Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, hududdagi dolzarb muammolarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, deputatlik so‘rovlari orqali masalalarga yechim topish hamda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha joylarda o‘rganish ishlari izchil olib borilmoqda.