35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Beruniy” mahalla fuqarolar yig‘inining Nurobod, Tashabbuskor, Zamondosh ko‘chalaridagi quduqlar ochiq (og‘izsiz) holatda ekanligi, bolalar va keksalarning harakatlanishi uchun xavf tug‘dirib, baxtsiz hodisalar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkinligi to'g'risida.
янв.21
Bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘yingohdagi barcha jihozlarning texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish to'g'risida
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
#qonunlar_taqsimoti
янв.21
Bu natija bizni chin dildan quvontirdi!
янв.21
“KOGON PERLIT” MCHJ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI — QONUN VA AMALIY YECHIM ASOSIDA
янв.21
Aholi murojaati ijobiy hal etildi
"Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi" doirasida deputat o‘z hududidagi obodonlashtirish ishlarida ishtirok etdi.

"Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi" doirasida hududlarni yanada obod va ko‘rkam qilish, aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur tadbirlarda Xalq deputatlari Bo‘zatov tuman Kengashi deputati G.Jumanazarova faol ishtirok etib, o‘z saylov okrugi hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida qatnashdi.
Tadbir davomida mahalla hududlari, ichki ko‘chalar va jamoat joylari tartibga keltirildi, yo‘l chetlari hamda ariqlar tozalandi, begona o‘tlar bartaraf etildi. Shuningdek, hududning sanitariya holatini yaxshilash, atrof-muhitni ozoda saqlash va aholi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan amaliy ishlar bajarildi.
Deputat tomonidan mahalla faollari, yoshlar va fuqarolar bilan birgalikda olib borilgan ushbu tadbirlar hududni yanada obod qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda aholining bunyodkorlik ishlaridagi faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Kelgusida ham mahallalarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va ekologik tozalikni ta'minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3