Sessiya oldidan hududdagi soliq masalalari o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X.Ziyodullayev tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman soliq inspeksiyasi rahbarining mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi hamda to‘lanishi, soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan o‘rganish olib borildi.
Deputat o‘z saylov okrugidagi Mash’al mahallasi, Sadoqat ko‘chasi kochaboshisi B.Sadinov hamda fuqarolar bilan uchrashdi.
Suhbat davomida
🔹 soliq imtiyozlari va mavjud imkoniyatlar bo‘yicha fuqarolarga yetarlicha tushuntirish ishlari olib borilishi lozimligi.
🔹 ayrim fuqarolarning to‘lovlari amalga oshirilgan bo‘lsa-da, shaxsiy kabinet va soliq bazalarida o‘z vaqtida aks etmayotgani;
🔹 yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha hisob-kitoblarga aniqlik kiritish, ortiqcha hisoblangan summalarni qayta ko‘rib chiqish zarurligi;
Deputat tomonidan fuqarolar bildirgan murojaatlar qayd etildi.