35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati doirasida hududlarda obodonlashtirish va muammolarni o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashiga Buxoroyi Sharif saylov okrugidan saylangan deputat S. Xamrayevning saylov okrugida Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari I. Ikromov hamda Z. Temirovalar tomonidan Buxoroyi Sharif MFY hududida aholi o‘rtasida obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish yuzasidan tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashiga Vatanparvar saylov okrugidan saylangan deputat X. Amonovning saylov okrugida Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari I. Ikromov hamda Z. Temirovalar tomonidan Vatanparvar MFY hududida obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish holati o‘rganildi.
янв.21
TASHAKKURNOMA
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashiga Yangiyo‘l saylov okrugidan saylangan deputat Sh. Mardonovning saylov okrugida Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari I. Ikromov hamda Z. Temirovalar tomonidan Bobur MFY hududidagi mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashiga Alisher Navoiy saylov okrugidan saylangan deputat I. Jalilovaning saylov okrugida Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari I. Ikromov hamda Z. Temirovalar tomonidan Alisher Navoiy MFY hududidagi mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib kutib olish
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati X. Xaydarovaga Mash'al ko‘chasida istiqomat qiluvchi bir guruh saylovchilar tomonidan lotoklarga ariq suvi keltirish masalasi yuzasidan murojaat bildirildi.
янв.21
Deputat kim va u nimalar bilan shug‘ullanadi?
янв.21
#kunlik_ish_reja_mudir
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiy javob taqdim etildi.

Rasmiy javobda qayd etilishicha, deputat so‘rovida ko‘tarilgan “Degrezlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ichki ko‘chalar, xususan Abdurahmon Jomiy va unga tutash ko‘chalardagi eskirgan yog‘och elektr ustunlarini yangilash masalasi vakolatli mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqilgan.

Javobga ko‘ra, hududdagi foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan yog‘och tayanchlarni temir-beton tayanchlarga almashtirish hamda elektr uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan tasdiqlanadigan davlat manzilli hamda yillik investitsiya dasturlari doirasida, moliyalashtirish manbalari ajratilishiga qarab bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ma’lum qilingan.

Mazkur javob deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala vakolatli tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilganini hamda hudud elektr ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha zarur ishlar belgilangan tartibda amalga oshirilishini tasdiqlaydi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi