35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Beruniy” mahalla fuqarolar yig‘inining Nurobod, Tashabbuskor, Zamondosh ko‘chalaridagi quduqlar ochiq (og‘izsiz) holatda ekanligi, bolalar va keksalarning harakatlanishi uchun xavf tug‘dirib, baxtsiz hodisalar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkinligi to'g'risida.
янв.21
Bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘yingohdagi barcha jihozlarning texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish to'g'risida
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
#qonunlar_taqsimoti
янв.21
Bu natija bizni chin dildan quvontirdi!
янв.21
“KOGON PERLIT” MCHJ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI — QONUN VA AMALIY YECHIM ASOSIDA
янв.21
Aholi murojaati ijobiy hal etildi
"Imkoniyat cheklanmagan" – iste’dod va matonat e’tirof etildi

#deputat_tashabbusi #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ "Imkoniyat cheklanmagan" – iste’dod va matonat e’tirof etildi

🏛 O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Imkoniyat cheklanmagan" ijtimoiy aksiyasi nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda iste’dodlarini keng targ‘ib etishga qaratilgan mazmunli tadbir sifatida o‘tkazildi.

📝 Tadbirda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Zulfiya Mo‘minova hamda XDP Yangihayot tuman Kengashi deputati Umida Aripova ishtirok etib, yosh ijodkorlarning ijod namunalari bilan yaqindan tanishdi, ularning yutuqlarini e’tirof etdi hamda samimiy tilaklarini bildirdi.

🔺 Tadbir davomida nogironligi bo‘lgan fuqarolarning ijodiy qobiliyatini yuzaga chiqarish, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etish va davlat hamda jamiyat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu esa mahalliy Kengash deputatlarining aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasidagi ustuvor yo‘nalishlariga hamohangdir.

💬 Zulfiya Mo‘minova ta’kidlaganidek, bunday ezgu tashabbuslar har bir insonning iste’dodi va salohiyatini namoyon etish, ularni ruhlantirish hamda jamiyatda inklyuziv muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3