35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#qonun_19_1_modda #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #162_qonun #muhim_qarorlar
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati X. Amonov tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari ishtirokida ehtiyojmand fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurildi.
янв.21
#kunlik_ish_reja_mudir
янв.21
27-31-iyul
янв.21
muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Ushbu o‘rganish jarayonida hududdagi mavjud holat, xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, profilaktika choralari hamda mas’ul tashkilotlar faoliyati tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati M. Mamedov Temiryo‘lchilar kuni munosabati bilan sohada ko‘p yillar samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh fidoyi temiryo‘lchilarni munosib taqdirladi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 637-son qarori bilan tasdiqlangan “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurishi uchun garovsiz kredit ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom ijrosi yuzasidan hokim yordamchisining faoliyati maxsus savolnoma asosida o‘rganildi.
янв.21
31.07.2026 yil
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinovning shaxsiy kunlik ISH REJASI MONITORINGI
янв.21
Deputatlik nazorati doirasida hududlarda obodonlashtirish va muammolarni o‘rganish ishlari olib borildi
Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2026-yil II chorakdagi faoliyati yuzasidan hisoboti eshitildi

Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2026-yil II chorakdagi faoliyati yuzasidan hisoboti eshitildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Choriyev Sodiq Baxromovichning “Ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi” yo‘nalishida 2026-yil II choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti deputatlar tomonidan eshitildi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, Prezidentimiz tashabbuslari bilan qabul qilingan farmon va qarorlar asosida ichki ishlar organlari faoliyati tubdan takomillashtirilib, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishning samarali tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki 6 oyi davomida Termiz tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va keng jamoatchilik hamkorligida olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida qotillik, nomusga tegish, talonchilik, bosqinchilik, jinoiy uyushma tashkil etish, qiynash, mansab vakolatidan chetga chiqish, yolg‘on guvohlik berish, giyohvandlik moddalarini iste’mol qilishga jalb etish kabi bir qator og‘ir turdagi jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmaganligi qayd etildi.

Hisobotda tumanda jami 135 ta jinoyat sodir etilgani ma’lum qilindi. Shundan:

102 tasi aniqlanadigan jinoyatlar;
24 tasi oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar;
11 tasi mahallalarda oldi olinadigan jinoyatlar;
9 tasi axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shuningdek, sodir etilgan jinoyatlarning:
9 tasi yoshlar;
3 tasi guruhlar;
2 tasi mast holatdagi shaxslar;
3 tasi muqaddam sudlangan shaxslar tomonidan sodir etilgani qayd etildi.

Oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar soni 29 tadan 24 taga, ya’ni 5 taga yoki 17,2 foizga kamaygan. Jumladan:
qotillik – 1 ta;
og‘ir tan jarohati yetkazish – 2 ta;
o‘g‘irlik – 7 ta;
bezorilik – 1 ta;
firibgarlik – 2 ta;
16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish – 2 ta;
yo‘l-transport hodisalari – 9 ta qayd etilgan.

Aniqlanadigan jinoyatlar soni esa 60 tadan 102 taga, ya’ni 42 taga yoki 70 foizga oshgani ma’lum qilindi. Ular orasida:
odam savdosi – 2 ta;
giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar – 26 ta;
kontrabanda – 43 ta;
pora olish – 2 ta;
pora berish – 2 ta;
davlat mulkini talon-toroj qilish – 4 ta;
chegara qoidasini buzish – 7 ta;
mast shaxsga transport boshqarishiga yo‘l qo‘yish – 4 ta;
hujjat soxtakorligi – 5 ta;
OITS kasalligini tarqatish – 1 ta;
bojxona qonunchiligini buzish – 2 ta;
elektr energiyasi, gaz va suv tarmoqlaridan noqonuniy foydalanish – 2 ta holat aniqlangan.
Yo‘l-transport hodisalari soni ham 14 tadan 9 taga, ya’ni 35,7 foizga kamaygani qayd etildi. Mazkur hodisalar Jo‘yijangal, Amir Temur, Nurli diyor, Bunyodkor, Uchqizil mahallalarida bittadan, Navro‘z va Xalqobod mahallalarida esa ikkitadan sodir etilgan.

Hisobot davomida alohida toifadagi shaxslar tomonidan sodir etilgan 17 ta jinoyat tahlil qilinib, ularning 9 tasi yoshlar, 3 tasi guruhlar, 2 tasi mast holatdagi shaxslar, 3 tasi muqaddam sudlanganlar hamda 3 tasi ishsiz fuqarolar hissasiga to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi.
Shuningdek, "Profilaktika kuni" tadbirlari doirasida barcha hamkor tashkilotlar ishtirokida mahallabay, xonadonbay va oilabay ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgani, xonadonlarga kirib fuqarolarning muammolari o‘rganilib, imkon qadar joyida bartaraf etish choralari ko‘rilayotgani ta’kidlandi.

Hisobot yakunida jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bilan ularning yaqin qarindoshlari ishtirokida profilaktik suhbatlar muntazam o‘tkazilayotgani hamda 2026-yil yakuniga qadar jinoyatchilikni yanada kamaytirish va og‘ir hamda o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab o‘tildi.