35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#qonun_19_1_modda #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #162_qonun #muhim_qarorlar
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati X. Amonov tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari ishtirokida ehtiyojmand fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurildi.
янв.21
#kunlik_ish_reja_mudir
янв.21
27-31-iyul
янв.21
muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Ushbu o‘rganish jarayonida hududdagi mavjud holat, xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, profilaktika choralari hamda mas’ul tashkilotlar faoliyati tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati M. Mamedov Temiryo‘lchilar kuni munosabati bilan sohada ko‘p yillar samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh fidoyi temiryo‘lchilarni munosib taqdirladi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 637-son qarori bilan tasdiqlangan “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurishi uchun garovsiz kredit ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom ijrosi yuzasidan hokim yordamchisining faoliyati maxsus savolnoma asosida o‘rganildi.
янв.21
31.07.2026 yil
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinovning shaxsiy kunlik ISH REJASI MONITORINGI
янв.21
Deputatlik nazorati doirasida hududlarda obodonlashtirish va muammolarni o‘rganish ishlari olib borildi
Termiz tumani IIB boshlig‘ining hisoboti ko‘rib chiqildi

Termiz tumani IIB boshlig‘ining hisoboti ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida 2026-yil 24-iyuldagi “Ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi” yo‘nalishida 2026-yilning II choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Termiz tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risidagi VII-21-100-8-117-K/26-sonli qarori qabul qilindi.

Sessiya davomida tumanda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash borasida II chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.

Muhokamalar yakunida hisobot deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilib, mavjud muammolarni bartaraf etish, profilaktik tadbirlar samaradorligini yanada oshirish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan vazifalar belgilandi. Kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ishlar ijrosi doimiy nazoratda bo‘ladi.

Slide 1 of 5