35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati X. Xaydarovaga Mash'al ko‘chasida istiqomat qiluvchi bir guruh saylovchilar tomonidan lotoklarga ariq suvi keltirish masalasi yuzasidan murojaat bildirildi.
янв.21
Deputat kim va u nimalar bilan shug‘ullanadi?
янв.21
#kunlik_ish_reja_mudir
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling!
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati tomonidan haftalik ishlar yuzasidan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish Sh. Isamutdinov rahbarligida tashkil etilib, unda kotibiyat xodimlari ishtirok etdi.
янв.21
Murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi amalda
янв.21
Saylov okrugidagi muammolar o‘rganildi
янв.21
#siyosiy_marifat_soati
янв.21
Yotoqxona hududini obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Deputat ko‘targan masala ijrosi joyida o‘rganildi



Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati S. Bektemirov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari N. Abdumoʻminova va J. Ashurboyev tomonidan K-3 kanali bo‘yida aholi dam olishi uchun tashkil etilgan hududda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari hamda tungi yoritish tizimining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Ma'lumki, Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining avvalgi sessiyalaridan birida deputat S. Bektemirov tomonidan mazkur hududdagi tungi yoritish tizimida mavjud muammolar, jumladan, yoritish ustunlarining bir qismi yaroqsiz holga kelgani va ayrim metall konstruksiyalarning talon-toroj qilingani sababli yoritish tizimi to‘liq ishlamayotgani masalasi ko‘tarilgan edi.

O‘tkazilgan o‘rganish davomida ushbu hududda zamonaviy, quyosh panellari orqali quvvat oluvchi (avtonom) LED yoritish chiroqlari o‘rnatilgani, tungi yoritish tizimi bosqichma-bosqich tiklanib, aholi uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish borasida amaliy ishlar amalga oshirilgani aniqlandi.

Deputatlik nazorati doirasida mazkur hududdagi obodonlashtirish va yoritish tizimining barqaror faoliyatini ta'minlash yuzasidan monitoring ishlari izchil davom ettiriladi.