35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling!
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati tomonidan haftalik ishlar yuzasidan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish Sh. Isamutdinov rahbarligida tashkil etilib, unda kotibiyat xodimlari ishtirok etdi.
янв.21
Murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi amalda
янв.21
Saylov okrugidagi muammolar o‘rganildi
янв.21
#siyosiy_marifat_soati
янв.21
Yotoqxona hududini obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekspert_guruhi #162_qonun
янв.21
Mustaqillik MFYda obodonlashtirish ishlari yuzasidan targ‘ibot olib borildi
янв.21
#kengash_qarori_qabul_qilindi
Deputat so‘rovi orqali suyultirilgan gaz ta’minoti muammosini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 7-Ibn Sino saylov okrugidan saylangan deputat E. Tursunov tomonidan saylovchilar manfaatlarini himoya qilish va ularni qiynayotgan muammolarni hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
✔️Jumladan, deputat tomonidan "Luqmon" mahallasi aholisini suyultirilgan gaz ballonlari bilan o‘z vaqtida ta’minlashda kuzatilayotgan muammolar o‘rganilib, murojaatlar tahlil qilindi.
✔️Aniqlangan holatlar yuzasidan amaliy choralar ko‘rish maqsadida "Jondortumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i G‘. Nosirov nomiga deputat so‘rovi yuborildi. So‘rovda aholini suyultirilgan gaz ballonlari bilan uzluksiz va belgilangan jadval asosida ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda mazkur masala yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan.
✔️Deputatlik nazorati doirasida mazkur masalaning ijrosi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi. Aholini sifatli va uzluksiz kommunal xizmatlar bilan ta’minlash, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 3