35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mazkur qaror bilan Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlarining 2026-yil ikkinchi chorak yakunlari bo‘yicha o‘z saylovchilari oldida hisobot berishini tashkil etish belgilandi.
янв.21
Mazkur qarorda deputatlar tomonidan deputatlik odobi qoidalariga rioya etilishi holati ko‘rib chiqilib, amalga oshirilgan ishlar qoniqarli deb baholandi.
янв.21
Mazkur qaror bilan Kogon shahrida bolalar onkologik kasalliklariga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqilib, mas’ullar hisoboti qoniqarli deb baholandi.
янв.21
Mazkur qarorda yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda huquqiy savodxonligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Mazkur qarorda Kogon shahrida yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, hisobot natijalari qoniqarli deb baholandi.
янв.21
Mazkur qarorda shaharda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Mazkur qaror bilan Kogon shahrida 2026-yil davomida ko‘p kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha avval tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga o‘zgartirishlar kiritildi
янв.21
Mazkur qarorda Kogon shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Mazkur qarorda Kogon shahrida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining navbatdagi qarorida hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlari va jamoat xavfsizligi holati tanqidiy muhokama qilindi.
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi O‘RQ–931-son "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonuni davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, aniqlash hamda uni tartibga solishning huquqiy asoslarini belgilaydi. Qonunning asosiy maqsadi davlat xizmatchilarining xizmat vazifalarini xolis, shaffof va halol bajarishini ta'minlash hamda korrupsiyaning oldini olishdan iborat. 

Qonunga muvofiq, manfaatlar to‘qnashuvi – xodimning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning xizmat vazifalarini xolis va vijdonan bajarishiga ta'sir qilayotgan yoki ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan, shuningdek shaxsiy manfaat bilan davlat, jamiyat, fuqarolar yoki tashkilotlarning qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatdir. 

Mazkur Qonun:

- davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga;
- davlat muassasalari va davlat unitar korxonalariga;
- davlat maqsadli jamg‘armalariga;
- ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi. 

Qonun bilan quyidagi muhim talablar belgilangan:

- davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha ichki tizimni joriy etish;
- xodimlarning ehtimoliy va mavjud manfaatlar to‘qnashuvi haqida belgilangan tartibda deklaratsiya va xabarnoma taqdim etishi;
- manfaatlar to‘qnashuvi aniqlanganda uni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
- manfaatlar to‘qnashuvini nazorat qilish bo‘yicha maxsus bo‘linmalar faoliyatini tashkil etish;
- manfaatlar to‘qnashuvi talablarini buzgan shaxslarning qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarligini ta'minlash. 

Shuningdek, Qonunga ko‘ra, davlat organi yoki tashkiloti xodimi ishga kirishda, boshqa lavozimga o‘tkazilganda hamda shaxsiy ma'lumotlari o‘zgarganida ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etishi, manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda esa bu haqda bir ish kuni ichida bevosita rahbariga yoki mas'ul bo‘linmaga yozma ravishda xabar berishi shart. 

Mazkur Qonun davlat boshqaruvida ochiqlik, xolislik va halollik tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaning oldini olish hamda fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini oshirishga xizmat qiladi.