35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mazkur qaror bilan Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlarining 2026-yil ikkinchi chorak yakunlari bo‘yicha o‘z saylovchilari oldida hisobot berishini tashkil etish belgilandi.
янв.21
Mazkur qarorda deputatlar tomonidan deputatlik odobi qoidalariga rioya etilishi holati ko‘rib chiqilib, amalga oshirilgan ishlar qoniqarli deb baholandi.
янв.21
Mazkur qaror bilan Kogon shahrida bolalar onkologik kasalliklariga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqilib, mas’ullar hisoboti qoniqarli deb baholandi.
янв.21
Mazkur qarorda yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda huquqiy savodxonligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Mazkur qarorda Kogon shahrida yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, hisobot natijalari qoniqarli deb baholandi.
янв.21
Mazkur qarorda shaharda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Mazkur qaror bilan Kogon shahrida 2026-yil davomida ko‘p kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha avval tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga o‘zgartirishlar kiritildi
янв.21
Mazkur qarorda Kogon shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Mazkur qarorda Kogon shahrida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining navbatdagi qarorida hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlari va jamoat xavfsizligi holati tanqidiy muhokama qilindi.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📍 "Chuqurko‘l" mahallasida deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 19-Sherobod saylov okrugi deputati A. Choriyev tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 11-Chuqurko‘l saylov okrugi deputati T. Shodiyev saylov okrugiga qarashli "Chuqurko‘l" mahallasida deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

👮 O‘rganish davomida mahalla profilaktika inspektori H. Normurodovning hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda fuqarolar osoyishtaligini mustahkamlash borasida amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishildi.

🛡 Shuningdek, mahalladagi kriminogen vaziyat, profilaktik tadbirlarning samaradorligi, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar hamda aholi o‘rtasida amalga oshirilayotgan huquqiy targ‘ibot ishlari yuzasidan fikr almashildi.

✅ O‘rganish yakunida hududda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda davlat organlari va mahalla fuqarolar yig‘ini hamkorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

   

Slide 1 of 4